Gavayidagi Kilauea vulqonining lava oqimlari 24 kilometrga yoyilib, Tinch okeaniga qadar yetib bordi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Ma’lum qilishicha, lavaning okean suviga qo‘shilishi natijasida toksik bulut hosil bo‘lgan — aholi va sayyohlarga vulqon atrofidagi hududlarga yaqinlashmaslik tavsiya qilinmoqda.
Lava 40 ga yaqin inshootlarni yakson qilib yubordi, xavfli hududdan 2000 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan.
Xavfli zona uzra samolyotlarning qatnovlari kul va qoldiq tutun chiqqandan keyin taqiqlanadi.
Izoh (0)