Qozog‘itonning Qizilo‘rda shahrida mashhur bo‘lgan YouTube-bloger German Dyachenko Sirdaryo daryosining suvi “g‘oyib bo‘layotgani” haqida rolik tayyorladi, deb yozadi Tengrinews.
“Daryo suvi ko‘z o‘ngimizda kundan-kunga pasayib bormoqda”, — deb yozdi u o‘z videoroligiga izoh sifatida.
Videoda muallif qurib qolgan qirg‘oqlarni ko‘rsatib, ilgari suv shu yergacha kelgani, bu yerda plyaj bo‘lganini aytadi.
Izohlarda ba’zi foydalanuvchilar bunga yer sug‘orish mavsumi sababchi bo‘lganini yozgan. Ammo blogerning so‘zlariga ko‘ra, u 28 yil ichida Sirdaryo daryosi hech qachon bunchalik darajada sayozlashganini ko‘rmaganini ta’kidladi.
Izoh (0)