Musulmonlar Ramazon oyi paytida ishdan vaqtinchalik dam olishi kerak, deya The Local Daniya immigratsiya va integratsiya vaziri Inger Stoybergning gaplaridan iqtibos keltirdi.
“Men musulmonlarni butun Daniya jamoatchiligi uchun salbiy oqibatlar oldini olish maqsadida, Ramazon oyida ishlamaslikka chaqiraman”, — deb yozdi vazir o‘z kolonkasida. U qadimiy an’anaga rioya qilish Daniya zamonaviy mehnat bozoriga mos kelish-kelmasligi borasida ishonchi komil emasligini qo‘shib qo‘ydi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, ro‘za aholining xavfsizligi va ularning unumdorligiga ta’sir qilishi mumkin. Misol tariqasida Stoyberg ro‘za tutadigan avtobus haydovchilarini keltirib o‘tdi. “Bu barchamiz uchun xavfli bo‘lishi mumkin”, — dedi u.
Izoh (0)