Dang‘ara tumani MIB xodimlari tomonidan mahallalardan birida o‘tkazgan o‘rganishlar davomida fuqaro A.A. elektr hisoblagichga ulanish tartibini buzgani aniqlandi. Bu haqda “Podrobno.uz” xabar bermoqda.
U buning uchun alohida liniya tortgan va 15 kilovattli kompressorni ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan. Bu bilan davlatga 18 763 000 so‘m zarar yetkazgan.
Fuqaro aybini tan olgan va keltirilgan zararni to‘lagan. Shu sababli MIB viloyat boshqarmasi tomonidan unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atishni rad etish haqida qaror qabul qilingan.
Izoh (0)