Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi 17-sonli o‘rta maktabning yuqori sinf o‘quvchisi uyida o‘gay otasi bilan janjallashdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Mojaro asnosida o‘quvchi o‘gay otasiga pichoq urib, jarohat yetkazgan.
Xabar berishlaricha, hodisa tufayli o‘gay ota kasalxonaga yotqizilgan. O‘quvchi esa qo‘lga olingan.
Izoh (0)