O‘zbekistonning ba’zi masjidlarida yosh bolalarning taroveh namozlariga kiritilmayotgani bilan bog‘liq muammolar bartaraf etilgan. Bu haqda “Azon.uz” xabar bermoqda.
Toshkent shahar Shayxontohur tuman bosh imom-xatibi Odilxon qori Yunusxon o‘g‘li mazkur muammo bartaraf etilganini ma’lum qilgan.
“Mana, hozirgina bo‘lgan xushxabarlardan biri — yosh bolalarga nisbatan ozgina mone’lik bo‘lgan joyi bor edi. Bugundan boshlab yosh bolalar uchun bemalol darvozalar ochildi”, — degan imom-xatib.
Ma’lumot uchun, avvalroq Toshkent shahridagi 115 ta masjidda taroveh namozlari boshlangani haqida xabar berilgan edi.
Izoh (0)