Jasadi 14-may kuni Yunusobod tumanidan oqib o‘tuvchi Yuqori Bo‘zsuv kanali bo‘yidan topilgan ayolning shaxsi aniqlandi. Bu haqda Toshkent IIBB tomonidan 17-may, payshanba kuni o‘tkazilgan brifingda ma’lum qilindi.
14-may kuni Yunusobod tumani, “O‘zbekgidroenergo-1” kompaniyasi hududidan oqib o‘tuvchi Yuqori Bo‘zsuv kanali bo‘yidan yoshi taxminan 25—30, bo‘yi taxminan 167—169 santimetr bo‘lgan ayol kishining jasadi topilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.
“Ayolning shaxsi aniqlandi. Hozirda tergov-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda”, — dedi Toshkent shahar IIBB boshlig‘i o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev.
Tergov ishlari yakuniga yetmagunicha, ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha axborot berish imkoni yo‘qligi ma’lum qilindi.
Izoh (0)