• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12621.29
    • RUB158.44
    • EUR14596.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    UzWaterAware ekspeditsiyasi: Amerika kanyonlari? Yo‘q, adashdingiz, bu Ustyurt (foto)

    O‘zbekistonlik bir guruh jurnalistlar Markaziy Osiyo mintaqaviy ekologiya markazi (MOMEM) Yevropa Ittifoqi moliyaviy ko‘magida amalga oshirayotgan UzWaterAware loyihasi doirasida Qoraqalpog‘istonda bo‘lib qaytdi. Mediatur ishtirokchilari orasida “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev ham bor edi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Nukusdan yo‘lga chiqqan va Orol dengizi tomon otlangan 12 ta Toyota yo‘ltanlamasidan biri — 10-raqam qo‘yilgani bizga nasib etdi. “Biz” deganim Nargis Qosimova, Dilfuza Sobirova, Rustam Jabborov va men. Qarangki, barini “Darakchi” birlashtirgan ijodkorlar. Uchchovimiz bir paytlar ishlagan yoki mualliflik qilgan bo‘lsak, Rustam Jabborov hozir ham shu gazeta bosh muharriri.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Karvonimizning birinchi to‘xtash manzili Qo‘ng‘irot tumani bo‘ldi. Rustam bu yerga kelguncha uning O‘zbekistondagi eng katta tuman ekanligi, mamlakat hududining 12 foizi, Qoraqalpog‘istonning esa salkam yarmini egallashini aytib ulgurgandi. Bizni qarshi olgan tuman hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Kamalov “Zakovat” bilimdoni aytgan bu faktlarni tasdiqladi.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Tuman hududi 76 ming kvadrat kilometrga tengligi, 126 ming aholi istiqomat qilayotganini bildirdi. Agar shu raqamdan kelib chiqsak, Qo‘ng‘irot O‘zbekiston hududining 12 emas, deyarli 17 foizini egallashi oydinlashyapti. Xomcho‘t qilib ko‘rdim: bu naq 10 ta Namangan degani!

    Oldinlari asosan qishloq xo‘jaligi — paxta, sholi, sabzavot va poliz ekinlariga ixtisoslagan tumanda bugungi kunga kelib sanoat ham rivojlanib bormoqda. Bu yerda O‘zbekistonning eng yirik korxonalaridan bo‘lgan “Uz-Kor Gas Chemical” va Qo‘ng‘irot soda zavodi ishlab turibdi.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Yana yo‘lga otlandik. Ishoning, o‘nlab chaqirim joyda zog‘ ham uchramaydi. Keta-ketguncha tuz bosgan, shuvoq o‘sgan yerlar, onda-sonda saksavulzorlar ko‘zga tashlanadi. Bir payt kimsasiz yo‘lning qoq o‘rtasida oldinlari “Komsomolsk na Ustyurte” deb atalgan, hozir esa Qubla-Ustyurt deb nomlanuvchi posyolka qarshisidan chiqib qoldik. Oldinlari bu yerlarda harbiy obyektlar bo‘lgani, Qo‘ng‘irot, Nukusga samolyotlar uchgani bois aerodrom ham qurilgan ekan.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Posyolkada hozir 40 ta oila, 200 chog‘li odam istiqomat qiladi. Ular jurnalistlar ekanligimizni bilib, yo‘lsizlikdan qiynalganlari bois tuman markazi bilan bog‘lovchi, transport qatnovi uchun qulay yo‘l yotqizilishida ko‘mak so‘radi. Baquvvat jiplarni ham “yig‘latib” yuborayotgan yo‘l, to‘g‘rirog‘i, yo‘nalishdan ular hozir qanday foydalanayotgani biz uchun jumboq bo‘lib qoldi.

    Foto: Askar Yakubov

    Foto: Askar Yakubov

    Shu yerdan Ustyurt platosi bo‘ylab sayohatimiz boshlandi. Bundagi mahobatli manzaralarni ko‘rib, Amerika filmlaridagi kanyonlar yodimga keldi. Yo‘q, yanglish solishtirdim, hatto kanyonlar ham Ustyurt oldida ip esholmaydi.

    Foto: Nargis Qosimova

    Foto: Nargis Qosimova

    Ustyurtning Qozog‘iston tomonidagi qismida, Mangistovda yerosti yadro sinovlari o‘tkazilgan deyishadi. Bo‘lsa bordir, huvillagan, ne-ne sinovlarni boshidan kechirgan plato devorlari — chinklar shundoq ham kishining yuragini orqaga tortib yuboradi.

    Foto: Nargis Qosimova

    Foto: Nargis Qosimova

    Aytgancha, aslida Yevropa va Osiyoning chegarasi bir paytlar shu yerdan o‘tgan degan taxmin ham yo‘q emas.

    Foto: Nargis Qosimova

    Foto: Nargis Qosimova

    Hamkasbim Nargis Qosimova shunday joylarda ham o‘simliklar olami vakillarini topgani va suratlarga muhrlagani esa faqat hayrat va tahsinga loyiq.

    Foto: Nargis Qosimova

    Foto: Nargis Qosimova

    Foto: Nargis Qosimova

    Foto: Nargis Qosimova

    Ustyurt hududidan Buyuk ipak yo‘li o‘tganligi bois bu yerda ko‘plab kuzatish minoralari, mayoqlar bo‘lgan. Ulardan biri, Sudoche ko‘li yaqinidagi XII – XIII asrlarga mansub minora qoldiqlariga tirmashdim. Yuqoriga chiqqanda shu yerda turgan qizni “Jahon” axborot agentligi muxbiri Guloyim Nurjonova xayol qilib, suratga tushirishini iltimos qildim. Qarasam, gapimga tushunmay ko‘zini pirpiratib turibdi. Tavba, bo‘y-bast, ko‘z-qosh bir xil, faqat u kanadalik bloger Loren Chen ekan. Adashuv bahona u bilan keyinchalik intervyu berishiga kelishib oldik.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Biz flamingolarni ko‘rishga oshiqayotgan ko‘l yaqinidagi yana bir tarixiy manzil — Urga shaharchasi. Bu yerda Chor Rossiyasidan surgun qilingan eski tutumdagi nasroniylar — staroverlar yashagan uylarning vayron bo‘lgan devorlari, qarovsiz qolgan qabrlariga duch keldik.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    O‘zga millat va din vakillari bo‘lsa ham achinasan kishi. “Agar ular yapon bo‘lganida hatto shu yerda ham qarovsiz qoldirilmagan bo‘lardi” degan o‘y o‘tdi xayolimdan.

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Foto: “Daryo” / Azizbek Abduvaliyev

    Sudoche qirg‘og‘idagi eski baliqni qayta ishlash zavodi oldida tamaddi uchun to‘xtadik. Bunday sharoitda ovqatlanishning ham o‘ziga yarasha gashti bor ekan. Uzun xontaxta bo‘ylab baliq, kartoshka tanovul qilarkansan, o‘zingni chindan ham katta bir jamoaning a’zosi sifatida his etasan.

    Foto: Nargis Qosimova

    Foto: Nargis Qosimova

    Afsus, flamingolarni ko‘rish nasib etmadi. Ularni faqat tong sahar yoki kechki payt ko‘rish mumkin ekan. Biz borgan vaqt esa na unisi, na bunisiga to‘g‘ri keldi. Hafsalamiz pir bo‘lganini yashirmay, keyingi manzil — Orol dengizi tomon yo‘l oldik.

    Foto: Yuriy Korsunsev

    Foto: Yuriy Korsunsev

    (Avvali va davomi bor)

    18.05.2018, 07:34   Izoh (0)   68186
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Telejurnalistlarning kamerasini sindirib tashlash bilan tahdid qilgan IIBB xodimasi jazolandi, televideniye esa o‘z ijodkorlariga chora ko‘rdi

    18.05.2018, 07:29

    Shavkat Mirziyoyev Vashingtonda Jahon banki prezidenti bilan uchrashdi

    18.05.2018, 07:13

    Toshkentda YPX xodimlarini mobil videokameralar bilan ta’minlash sentabrdan boshlanadi

    18.05.2018, 06:55

    Xatirchidagi ulkan xarsangtoshni bola ham qo‘lida qimirlatadi (foto)

    17.05.2018, 23:50

    Farg‘onada joriy yili ma’muriy sudlar tomonidan 200 dan ortiq ish ko‘rib chiqdi

    17.05.2018, 23:41

    Namanganda 2 ming dollar bilan ushlangan kollej o‘qituvchisiga hukm chiqarildi

    17.05.2018, 23:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda giyohvandlik laboratoriyasini ochgan ikki o‘qituvchi qamoqqa olindi

    Dunyo | 5 avgust, 22:15

    Mulkdorni 100 foiz rozi qilmaguncha hech qanday qurilish va buzish ishlari amalga oshirilmaydi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 20:58

    Meksikada tashlandiq uydan 32 ta bo‘laklangan jasad topildi

    Dunyo | 5 avgust, 22:05

    Apple miyasi iPad’ga ulangan insonni namoyish etdi

    Dunyo | 5 avgust, 21:50

    Qo‘shma Shtatlarning eng maqtalgan raketa esminetsi holati tarmoq foydalanuvchilari orasida istehzoga sabab bo‘ldi

    Dunyo | 5 avgust, 21:40

    Toshkentda Spark yo‘l o‘rtasida yonib ketdi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 21:30

    Ukraina Yaponiya bilan birgalikda dronlar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

    Dunyo | 5 avgust, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.