Sangijumon – Nurota tog‘ tizmasining tarmog‘i bo‘lgan Oqtovning janubiy yon bag‘rida, Xatirchi tumani hududida joylashgan. Qishloqning nomi ham ushbu harsangtosh bilan bog‘liq. Bu haqda O‘zA hikoya qilmoqda.
Mazkur tosh Sangijumon soyi bo‘yida 900 metr balandlikda joylashgan bo‘lib, aylanasi 20 metr, balandligi 6 metr. Og‘irligi 280 tonnadan ziyod.
Sangijumonni g‘arb tarafga qarab ko‘tarsa qimirlaydi va 7-10 martagacha qimirlab turadi.
Ushbu ulkan harsangtosh shunchalik yengil tebranadiki, uni hatto 12-14 yoshli bola ham bir qo‘lda qimirlatishi mumkin.
Ikkinchi sirli xarsangtosh “Teshik tosh” deb nomlanib, rivoyatlarga ko‘ra, uning teshigidan faqat begunoh odamlargina o‘ta olar emish.
Izoh (0)