AQSh okean va atmosfera tadqiqotlari departamenti hamda Tinch okean shimoli-g‘arbiy milliy laboratoriyasi mutaxassislari Atlantika to‘fonlari kuchlarining g‘ayritabiiy o‘sishini qayd etdi. Tadqiqotchilar xulosasiga ko‘ra, buning asosiy sababi tabiiy iqlim sikli hisoblanadi. Taxminlarga ko‘ra, global isish ham to‘fonlar kuchiga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda, deb xabar beradi EurekAlert.
Siklonning jadal sur’atlar bilan o‘sishida uning tezligi 24 soat ichida soatiga 36 kilometrga oshadi. 2017-yilda bu kabi holatlar “Xarvi”, “Irma”, “Xose” va “Mariya” to‘fonlarida kuzatilgan.
Tadqiqotchilar sun’iy yo‘ldoshlar yordamida yig‘ilgan so‘nggi 30 yil ichidagi ma’lumotlarni tahlil qilib, to‘fonlardagi shamol tezligi hozirda o‘rtacha soatiga 21 kilometrni tashkil etayotganini aniqladi. Bu avvalgiga nisbatan bir soatga ko‘p demakdir. Har o‘n yilda ushbu ko‘rsatkich soatiga 7 kilometrga ortib borgan.
Shamol tezligiga turli omillar, jumladan, dengiz sathi yuzasining harorati, namlik, yo‘nalish, shuningdek, okean yuzasidagi issiqlik ta’sir qiladi.
Izoh (0)