9-may kuni Londondagi ICE birjalari savdo vaqtida Brent markasidagi neft narxining bir barreli 77 dollarni tashkil etdi. Bu 2014-yilning noyabridan buyon qayd etilgan ilk ko‘rsatkichdir, deb xabar beradi “NUR.kz”.
9-may kuni bir barrel neft narxi 77,17 dollarni tashkil etgan, soat 10:29 da esa 76,99 ga tushgan. Bu esa savdolar boshlanganidan 2,78 foizga ko‘p demakdir. Shuningdek, Texasning WTI nefti ham qimmatlashmoqda: iyul oyida yetkazib berish fyucherslik shartnomalari 71,11 dollarga teng bo‘lgan. Keyinroq esa WTI narxi 70,94 dollarga qadar tushgan (bu savodlar ochilganidan buyon 2,65 foizga o‘sganini bildiradi).
Neft narxining oshishi AQShning Eron bilan yadroviy bitimdan chiqishi fonida kuzatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, AQSh prezident Donald Tramp 8-may kuni Vashington yadroviy bitimlardan chiqishini va Eronga qarshi yana iqtisodiy sanksiyalarni joriy etishini ma’lum qilgandi. Oq uy rahbari o‘zining talablariga javob beradigan yangi shartnoma ustida ishlashga va’da qildi va Erondan Yaqin Sharqdagi ballistik dasturi va faoliyatdan voz kechishni talab qildi.
Izoh (0)