4-apreldan 13-mayga qadar Butunrossiya dekorativ-tasviriy va xalq san’ati muzeyida “Buyuk dasht merosi: zargarlik san’ati shoh asarlari” ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi National Geographic. U yerda Qozog‘iston ramzi — Tilla odamni ko‘rish mumkin.
1960-yillar oxiri — 1970-yillar boshida Olmaota tashqarisida arxeologik shov-shuv yuz berdi: mashhur arxeolog Kemal Akishev tadqiq qilayotgan Issiq qo‘rg‘onidan saklar shohi — Tilla odamning qoldiqlari topildi, keyinroq u Qozog‘iston ramziga aylandi.
Bebaho topilmaga “qozoq Tutanxamoni” deb nom berishdi va asr kashfiyoti deb e’tirof etishdi. Qadimiy hukmdorning tojidagi oltin bezaklar — qanotli tulporlar Qozog‘iston davlat gerbining bir qismiga aylandi, Olmaotadagi Mustaqillik maydoniga esa Tilla odam haykali o‘rnatildi.
Ko‘rgazmada Tilla odamning rekonstruksiyasini ko‘rish mumkin.
Izoh (0)