AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari vazifasini bajaruvchi Jina Xaspel boshqarma rahbari lavozimidan voz kechishi mumkin, deb yozadi “Gazeta.ru”. Bu Oq uydagi qator yuqori mansabli shaxslar uning qiynoqlardan foydalanilgan so‘roq qilish dasturidagi ishtiroki yuzasidan bildirgan xavotir bilan bog‘liq.
Washington Post manbalariga ko‘ra, Xaspel bu Markaziy razvedka boshqarmasining ham, o‘zining ham obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan sud eshituvlaridan qochishga yordam beradigan bo‘lsa, lavozimdan voz kechishga qiziqish bildirgan.
Xabar berilishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp shunday vaziyat yuzaga kelgan bir paytda Xaspelni qo‘llab-quvvatlashda davom etishga qaror qilgan va uning har qanday qarorini yoqlashini aytgan.
Izoh (0)