Turkiya o‘z chegaralari yaqinida yangi harbiy operatsiya o‘tkazadi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “RBK”.
“Biz terrorchilik tashkilotlarini tiyib qo‘yish maqsadimizdan voz kechmaymiz. Biz ‘Frot qalqoni’ va ‘Zaytun novdasi’ operatsiyalari qatoriga yana birini qo‘shamiz. Askarlarimiz yangi missiyaga tayyor”, — dedi Erdo‘g‘on.
Rasmiy Anqara 2018-yil yanvar oyi oxiridan beri “Zaytun novdasi” nomli harbiy operatsiya o‘tkazmoqda; undan ko‘zlangan maqsad — Turkiyada terroristik deb hisoblanadigan “Kurdiston ishchi partiyasi” bilan aloqadorlikda gumon qilinayotgan kurd qurolli bo‘linmalariga qarshi kurashdir.
Turkiya harbiylari asosan kurd mudofaa bo‘linmalari tomonidan nazorat qilib turilgan Suriyaning Afrin mintaqasida harakat qilmoqda. Rasmiy Damashq Turkiyaning bu xatti-harakatlarini agressiya deb baholamoqda.
Izoh (0)