Olmaotada o‘tkinchilar o‘zini poyezd ostiga tashlamoqchi bo‘lgan qizni qutqarib qoldi, deb yozadi “Nur.kz”.
Qutqarib qolingan qiz ishtirokidagi video Instagram’ga joylandi. Kadrlarda qiz qattiq jazavaga tushib qolganini ko‘rish mumkin. Unga psixologik yordam kerakligi ko‘rinib turibdi, deyiladi xabarda.
Guvohlardan biri aytishicha, qiz shahardagi shoh ko‘chalarning biridan o‘tgan relslar bo‘ylab ketib borgan va ho‘ngrab yig‘lagan.
Qiz yaqinlashib kelayotgan poyezd tagiga o‘zini tashlashga uringach, poyezd shoshilinch tormoz berib to‘xtagan.
https://instagram.com/p/BiZT9cwg7K9/?utm_source=ig_embed
Izoh (0)