Xitoyning Xebey provinsiyasi Uan shahri hukumati 118 nafar bolani asrab olish uchun millionlab yuan pul sarflab, butun mamlakatga tanilgan ayolni jinoyatda gumon qilib hibsga oldi va uning xususiy bolalar uyini yopish haqida qaror chiqardi, deb yozadi “RIA Novosti” mahalliy OAVlarga tayanib.
1996-yildan bolalarni asrab olishni boshlagan va 2007-yilda “Mehr-muhabbat qishlog‘i” deb nomlangan xususiy yetimxonasini ochgan ayolning faoliyati matbuotda keng yoritilgan, shu tufayli u mashhur bo‘lib ketgan.
Shundan keyin ayol xayriyadan shaxsiy manfaatlari yo‘lida foydalanishga o‘tgan. U asrab olingan bolalardan mahalliy mansabdorlarga tahdid qilish va ularni qo‘rqitishda foydalanganlikda ayblanmoqda.
Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, yetimxonadagi ba’zi bolalarning ota-onasi bo‘lgan, hukumatni aldab, davlatdan subsidiya olish uchun ularning nomlaridan foydalanilgan.
Bundan tashqari, bolalar uyida o‘g‘irlab ketilgan bolalar ham bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Politsiya bolalarning qon namunalari va barmoq izlarini olib, tekshiruv o‘tkazmoqda.
Izoh (0)