Eron oliy yetakchisi Ali Xomanaiyning bosh harbiy maslahatchisi Yahyo Rahim Safaviyning ma’lum qilishicha, AQSh IShID jangarilarini Afg‘onistonga qayta yo‘naltirmoqda. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
“AQSh hukumati IShIDni o‘zi tashkil etganini tan oldi, bugun esa bizda amerikaliklar IShID jangarilarini Afg‘onistonga yo‘naltirayotganiga doir dalillar bor”, — dedi general Safaviy.
Eron oliy yetakchisi maslahatchisining so‘zlariga ko‘ra, AQShning Yaqin Sharq mintaqasida bo‘lib turishi xavfsizlikka tahdiddir. Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington mazkur mintaqani huvillatish bilan shug‘ullanishmoqda.
Izoh (0)