Pokiston ichki ishlar vaziri Ahsan Iqbol o‘z hayotiga nisbatan uyushtirilgan suiqasddan omon qoldi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, voqea vazir mitingda qatnashish uchun ona shahri — Narovalga kelganida yuz berdi.
Vazir tadbirni tugatib, mashinasini endi o‘tirmoqchi bo‘lgan vaqti noma’lum shaxs unga qarata o‘q uzgan va Iqbolning o‘ng yelkasini jarohatlagan.
“O‘qotar qo‘lga olingan va politsiya tomonidan so‘roq qilinmoqda. Ahsan Iqbol Naroval tuman shifoxonasida davolanmoqda”, — deyiladi Naroval shahri joylashgan Panjob viloyati hukumati axborotida.
Vazirning hayoti xavf ostida emas, u tez orada Lahorga jo‘nab ketishi kutilmoqda.
Qo‘shimcha qilishlaricha, Iqbolga taxminan 20 metrlar masofadan 30-kalibrli to‘pponchadan o‘q uzilgan. Gumonlanuvchi — 20-22 yosh orasidagi gumonlanuvchi, u Narovalda yashaydi.
Izoh (0)