AQSh maxsus xizmati amerikaliklarga Xitoyning Huawei smartfonlaridan foydalanmaslikni maslahat bermoqda, deb xabar qildi CNBC.
FQB, MRB va Milliy razvedka ZTE kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan gadjetlar va telekommunikatsiyalar Xitoy hukumatining foydasiga ishlashi mumkinligidan xavotirda.
“Bu bizning telekommunikatsiya infratuzilmamizga jiddiy bosimni yuzaga keltiradi. Shuningdek, bu axborot o‘g‘irlash va josuslik xavfi ham demakdir”, — deydi FQB direktori Kristofer Rey.
Huawei vakilining aytishicha, kompaniya AQSh uchun “texnologiya yetkazib beradigan boshqa kompaniyalardan ortiqroq xavf tug‘dirmaydi”.
Izoh (0)