SlashLeaks resursi HMD Global tomonidan Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasida taqdim etilishi kutilayotgan smartfonning suratlarini e’lon qildi. Avvalroq Nokia 9 smartfonining surati Amazon’da paydo bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi, SlashLeaks’da e’lon qilingan suratlar esa mazkur mish-mishlarga mos kelmoqda, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.
Suratlardan ko‘rish mumkinki, qurilmaning displeyi yon tomonga “egilgan”, vertikal ikkitalik asosiy kameraning o‘ng tomonida LED chirog‘i joylashgan. Barmoq izi skaneri aynan qayerda joylashishini suratlardan bilib olishning iloji bo‘lmadi.
Nokia 9 smartfoni LG Display tomonidan yetkazib beriluvchi 5,5 dyuymli OLED ekrani bilan jihozlanishi kutilmoqda. Ikkitalik kameraning biri 12, ikkinchi 13 megapiksellga teng. Shuningdek, 5 megapikselli frontal kamera ham mavjud. Bundan tashqari, qurilmaga Snapdragon 845 protsessori va 3250 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatiladi.
Izoh (0)