Xiaomi kompaniyasi 2018-yildagi ilk smartfonlarini 14-fevral kuni taqdim etishi kerak, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Mish-mishlarga ko‘ra, bu Redmi lineykasidagi Note 5 va Note 5 Pro bo‘ladi. Internetda tarqalgan yangi fotosurat Redmi Note 5 Pro deb taxmin etilayotgan smartfon top kamerofonlar safiga kirishini ko‘rsatmoqda.
Tasvirda Redmi Note 5 Pro iPhone X’nikiga o‘xshagan kameraga ega bo‘lishini ko‘rish mumkin. Unga 12 va 5 megapikselli qo‘sh kamera o‘rnatiladi. Old kamerasi 20 megapikselli va Selfie-light vspishkali bo‘ladi. Korpusi metall bo‘ladi.
Boshqa xususiyatlariga kelsak, Redmi Note 5 Pro 5,99 dyuymli FHD+ displeyi, Snapdragon 636 chipi, 3 Gb / 4Gb / 6 Gb tezkor va 32 Gb / 64 Gb doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Akkumulyator sig‘imi — 4000 MA/soat.
Izoh (0)