Shu oy oxirida Barselonada bo‘lib o‘tadigan MWC 2018 konferensiyasida HMD Global kompaniyasi Nokia 7 Plus va boshqa bir qator qurilmalarni taqdim etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.
Nokia 7 Plus romsiz ekranli, shisha korpusli smartfon bo‘ladi. Qurilma IP54 standarti bo‘yicha suvdan himoyalangan. Barmoq izi skaneri orqa panelda joylashgan.
Telefonga 6 dyuymli va 2160×1080 pikselli IPS suyuq kristalli displey, Snapdragon 660 chipseti, 4 Gb tezkor va 64 Gb ichki xotira (+microSD), 12 va 13 megapikselli va Carl Zeiss optikali qo‘sh kamera hamda 16 megapikselli old kamera, 3450 mA/soat sig‘imli batareya o‘rnatilgan.
Qurilma Android 8.0 Oreo operatsion tizimida ishlaydi. Smartfonga naushnik uchun 3,5 millimetrli port va USB-C porti o‘rnatilishi kutilmoqda. Qurilma taxminan 508 dollar narxda sotuvga chiqadi.
Izoh (0)