Xiaomi Snapdragon 845 protsessoridan foydalangan holda ikkita flagman (Mi 7 va Mi Mix 2s) ishlab chiqaruvchi dastlabki OEM-kompaniyalardan biriga aylanadi. Ikkala modelning ham ichki tuzilishi o‘xshash, biroq dizayn jihatidan farq qiladi, deb xabar berdi Hi-Tech.Mail.Ru.
YouTube Science and Knowledge kanali Mi 7 flagmani haqida ma’lumotlar berilgan videorolikni taqdim etdi. Videoga ko‘ra, Mi 7 mutlaq oynali korpusga, tomonlar nisbati 18:9 bo‘lgan 5,5 dyuymli IPS hoshiyasiz displeyga ega bo‘ladi.
Shuningdek, qurilmaga barmoq izi skaneri ham o‘rnatiladi. Ichki xotirasi 6 gigabayt yoki 8 gigabayt bo‘lishi kutilmoqda. Asosiy kamerasi ikkitalik (megapiksellari haqida ma’lumot yo‘q), frontal kamerasi 13 megapiksell. Xiaomi Mi 7 Mobile World Congress 2018 ko‘rgazmasida namoyish etilishi mumkin.
Izoh (0)