Ulug‘bek Sunnatov Toshkent viloyati prokurori etib tayinlandi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.
Ulug‘bek Sunnatov 2014-yildan boshlab O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Sunnatovga qadar Toshkent viloyati prokurori lavozimida Jamshid Fayziyev ishlagan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimiga Rashid Rahmatov tayinlandi. U bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.
Rashid Rahmatovga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori lavozimida hozirda bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlangan Erkaboy Tojiyev ishlab kelgan.
Izoh (0)