Rossiya Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXShT)ning tezkor javob ko‘rsatish kollektiv kuchlarining o‘quv mashg‘ulotlarida qatnashish uchun Markaziy harbiy okrugdan 40 ga yaqin samolyot va vertolyotlarni Tojikistonga ko‘chirib o‘tkazdi, deb yozadi “RBK” MHO qo‘shinlari qo‘mondoni yordamchisi polkovnik Yaroslav Roshchupkinga tayanib.
Mashg‘ulotlar ssenariysiga ko‘ra, rossiyalik uchuvchilar qo‘shinlar joylashtirilishini havodan qo‘riqlab turadi, shartli dushman marralariga zarbalar beradi, harbiy yuklarni yetkazib beradi, shuningdek, desant tushiradi.
Harbiy o‘quv mashqlari Tojikistonda 10-noyabrda boshlangan bo‘lib, 20-noyabrgacha davom etadi. Unda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston harbiylari qatnashmoqda.
Izoh (0)