Eronda 12-noyabr, yakshanba kuni ro‘y bergan zilzila oqibatida 141 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy rasmiylarga tayanib, Press TV telekanali ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Yevropa — O‘rtayer dengizi seysmologiya markazi Eron va Iroq chegarasida kuzatilgan yerosti silkinishi 7,2 magnitudaga ega bo‘lganini qayd etdi.
Iroqda 6 kishi tabiiy ofat qurboni bo‘ldi.
Qizil Yarim oy tashkilotiga ko‘ra, 70 mingga yaqin eronlik boshpanasiz qoldi va vaqtinchalik uy-joyga muhtoj. Rasmiylar jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish uchun barcha zarur choralarni ko‘rayotgani bildirilmoqda.
Izoh (0)