IShID guruhi jangarilari Suriyadagi Abu-Kamol shahrini o‘z nazorati ostiga qaytardi, deb yozadi “Gazeta.ru” Inson huquqlari bo‘yicha Suriya observatoriyasiga tayanib.
Fars agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, shahar atrofida shafqatsiz janglar bormoqda. Suriya qo‘shinlari Abu-Kamol ustidan nazoratni qaytarib olishga urinmoqda.
Avvalroq Iroq armiyasi qo‘mondonligi IShIDning mamlakatdagi so‘nggi tayanchiga hujum boshlanganini ma’lum qilgan edi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)