Markaziy razvedka boshqarmasi sobiq direktori Jon Brennan AQSh prezidenti Donald Tramp “qandaydir sababga ko‘ra” Rossiya yetakchisi Vladimir Putindan “qo‘rqib qolgan” bo‘lishi mumkinligini aytdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Janob Tramp rossiyaliklarga nisbatan qilayotgan ishi — yo soddalik, yo nodonlik, yo bo‘lmasa, qo‘rquv”, — dedi u.
Shu bilan birga, AQSh Milliy razvedkasi sobiq direktori Jeyms Klepper aytishicha, uning fikriga ko‘ra, “xitoyliklar ham, rossiyaliklar ham o‘zlarini Trampdan foydalanib qolishi mumkin deb o‘ylaydi”.
Izoh (0)