Amerikaning onlayn tarzda taksi buyurtirish xizmati — Uber yapon konglomerati SoftBank bilan o‘z aksiyadorlik ulushini sotish borasida kelishuvga erishdi, deb yozadi “TASS” NYT’ga tayanib.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, SoftBank rahbarligidagi investorlar konsorsiumi kompaniya aksiyalarining kamida 14 foiziga ega bo‘ladi. Bunda gap servis investorlari va xodimlariga tegishli bo‘lgan bor qimmatbaho qog‘ozlarni sotib olish haqida ham, qayta chiqarilayotgan Uber aksiyalari (qiymati 1 milliard dollarga yaqin)ni sotib olish haqida ham bormoqda. Ayni paytda Uber 68,5 milliard dollarga baholanmoqda.
Izoh (0)