Rossiya prezidenti saylovida o‘z nomzodini qo‘yish niyatini ma’lum qilgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak AQShning Rossiyaga qarshi sanksiyalarini qo‘llab-quvvatladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
“Rossiya yuzaga kelgan ushbu dahshatli xalqaro munosabatlar uchun javobgar, deb o‘ylayman. Biz xalqaro huquq qoidalarini buzdik, xalqaro huquqqa ko‘ra, Qrim — Ukrainaniki”, — dedi Sobchak CNN telekanaliga bergan intervyusida.
Ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, AQSh o‘z sanksiyaviy siyosatida Rossiya hukumatini va oddiy fuqarolarni farqlashi kerak.
“Bu to‘g‘ri, men Rossiyaga qarshi bu sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlayman. Ammo masalan, hozirda rossiyalik talabalar Amerika vizasini ololmayotgani — ularga nisbatan adolatsizlik, chunki Rossiya xalqini o‘zlari qo‘llab-quvvatlamaydigan odamning siyosati uchun jazolash nimaga kerak?” — deya qo‘shib qo‘ydi u.
Izoh (0)