Turkiyaning Bursa provinsiyasidagi tekstil fabrikalaridan birida portlash yuz berdi. Bu haqda “Vestnik Kavkaza” xabar bermoqda.
Portlash oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi yaralandi.
Portlashdan so‘ng fabrika tomi qulagan, oqibatda esa ko‘plab ishchilar vayronalar ostida qolib ketgan.
Portlash sabablari hozircha oshkor qilinmagan. Hozirgi paytda hodisa joyida o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar ish olib bormoqda.
Jarohatlanganlar va halok bo‘lganlarning barchasi Turkiya fuqarolari hisoblanadi.
Izoh (0)