AQSh Federal qidiruv byurosining (FQB) Texas shtatidagi Sazerlend-Springs shahrida ro‘y bergan ommaviy qotillikni taftish qilayotgan agentlari jinoyatchining telefonini blokdan chiqara olmayapti. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
FQB maxsus agenti Kris Kombsga ko‘ra, shifrlash texnologiyalarining rivojlanishi bilan huquq-tartibot organlari telefonlardagi ma’lumotlarni olishda borgan sayin ko‘proq qiyinchilikka uchramoqda.
“Men telefon modelini oshkor etib, bu bilan har bir jinoyatchiga qanday telefon sotib olishni aytib berishni aytmoqchi emasman”, — dedi u.
Oldinroq FQB direktori Kristofer Rey jinoyatchilarning gadjetlaridagi ma’lumotlarni olish imkoniyati yo‘qligidan noligan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, oxirgi yil davomida federal xodimlari 6,9 ming uskunani blokdan chiqara olmagan, bu esa jinoyatlarni fosh qilish ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Eslatib o‘tamiz, Sazerlend-Springsdagi otishma oqibatida 26 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)