Shvetsiyaning Vestmanland viloyatida noma’lum shaxslar politsiya ofitserining uyiga qarata o‘t ochdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Xabar berishlaricha, hodisa 28-oktabrga o‘tar kechasi Vesteros shahrida yuz bergan. Hujum vaqtida uyda politsiya ofitseri va uning oila a’zolari bo‘lgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda politsiya ofitseri ham, uning oilasi ham uydan olib chiqilgan va muhofazaga olingan.
Politsiya yuz bergan hodisani “juda jiddiy” deb atadi. Huquq-tartibot idoralari xodimlari hujum ortida kim turganini aniqlash ustida ish olib bormoqda.
Expressen gazetasi xabariga ko‘ra, uyga qarata 22 marta o‘q uzilgan. Otishma boshlangan vaqtda politsiyachi va uning oila a’zolari uxlab yotgan bo‘lgan. Uyga teshib kirgan o‘qlar sabab mebel va turli buyumlarga zarar yetgan.
Izoh (0)