30 dan ortiq ayolga qasddan OIV yuqtirgan italiyalik Valentino Talluto 24 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
ANSA agentligiga ko‘ra, Rim sudi 10 soatdan oshiq davom etgan muhokama yakuni bo‘yicha shunday qarorga keldi. Ayblov Tallutoga umrbod qamoq jazosi berishni so‘ragandi.
Bu qarorga avval apellyatsiya, so‘ng kassatsiya sudida shikoyat keltirish mumkin.
30 yoshli Valentino Talluto 20 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 32 nafar ayolga qasddan virus yuqtirishda ayblandi. Ulardan ayrimlari shundan so‘ng olamdan o‘tdi.
Izoh (0)