Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IIQK) rahbari Muhammad Ali Jafariy AQSh prezidenti Donald Trampning ma’muriyatini Eronga nisbatan yangi sanksiyalar kiritilishining yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy oqibatlari haqida ogohlantirdi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Mahammad Ali Jafariy AQSh tomonidan IIQKning terrorchilik tashkiloti sifatida tan olinishi haqidagi bayonotiga izoh berdi. Korpus rahbarning aytishicha, bunday holatda IIQK amerika armiyasiga IShID kuchlariga bo‘lgan kabi munosabatda bo‘ladi.
The Washington Post 5-oktabrda Donald Trampning keyingi haftada Eron yadro dasturi bo‘yicha savdolarni to‘xtatishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi. AQSh rahbarining fikricha, Eron kelishuv shartlariga rioya qilmayapti, bu esa amerika milliy xavfsizligiga tahdid solmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)