Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey qayta joylashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda. Uning natijasida tashqi ishlar vaziri Boris Jonson o‘z lavozimidan mahrum bo‘lishi mumkin. Bu haqda bosh vazirning The Sunday Times nashriga bergan intervyusiga tayanib, “Kommersant” xabar berdi.
Xabar berilishicha, Tereza Mey hukumatda faqat eng yaxshi odamlar bo‘lishiga ishonch hosil qilmoqchi. Bosh vazirning bayonoti uning hukumatga omadsizlikka uchragan vazirlarning o‘rnini egallovchi yosh iqtidorlarni olib kelishga tayyor ekanligini bildiradi. Tereza Mey qayta joylashtirishni 19—20-oktabr kunlari bo‘lib o‘tadigan Yevropa kengashi yig‘ilishidan keyin amalga oshirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)