Iroq Kurdistoni rahbari Masud Barzoniy hamda Iroq vitse-prezidentlari Ayid Allavuy va Usam an-Nujayfiy kurd avtonomiyasiga nisbatan qo‘llanilgan sanksiyalarni bekor qilish yuzasidan kelishib oldi. Bu haqda “Kommersant” xabar bermoqda.
Yig‘ilganlar vaziyatni yumashatish va Kurdiston hududidan tezda sanksiyalarni olib tashlash uchun Iroqning asosiy siyosiy tomonlari o‘rtasida muloqot va uchrashuvlar boshlanishi yuzasidan kelishib olgan.
Iroq hukumatining 27-sentabrda kuchga kirgan qarori kurd avtonomiyasi bilan xalqaro parvozlarni to‘xtatish ko‘zda tutgan. Bunday chora 25-sentabrda Iroq Kurdistonida mustaqillik haqida referendum bo‘lib o‘tgach qabul qilingan. Referendumda ishtirok etganlarning 93 foizi mustaqillik uchun ovoz bergan.
Izoh (0)