Barselonada Kataloniya va Ispaniyaning bo‘linishiga qarshi namoyish bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.
Aksiya tashkilotchilarining ma’lumotlariga ko‘ra, unda taxminan 950 ming kishi ishtirok etmoqda. Namoyishchilar Ispaniya va Kataloniya bayrog‘ini ko‘targan holda, “Men — ispaniyalikman” va “Kataloniya — bu Ispaniya”, deb hayqirmoqda.
7-oktabr kuni Ispaniya birligi uchun aksiyalar mamlakatning boshqa shaharlarida, shu jumladan Madridda ham bo‘lib o‘tgan.
Izoh (0)