AQSh Kongressi vakillar palatasidan so‘ng Senat ham “Xarvi” to‘foni oqibatlarini bartaraf etishga federal budjetdan mablag‘ ajratilishini ma’qulladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Moliyalashtirish hajmi 15,25 milliard dollarni tashkil etdi. Vakillar palatasi 7,85 milliard dollar ajratilishini ma’qullagan edi.
Mazkur mablag‘ federal budjetdan birinchi o‘tkazma ekanligi, tabiiy ofat yetkazgan zararni baholash davom etayotgani bildirilmoqda.
“Xarvi”dan asosiy zarar ko‘rgan Texas shtati gubernatori Gregg Ebbott to‘fon keltirib chiqargan toshqindan keyingi tiklash ishlari qiymati 180 milliard dollarni tashkil etishi mumkinligini ma’lum qilgandi.
Izoh (0)