Kataloniya parlamenti ushbu muxtor hamjamiyatning Ispaniya tarkibidan chiqishi tartibini belgilaydigan qonunni qabul qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Qonunni yoqlab 71 nafar parlament a’zosi ovoz bergan bo‘lsa, 10 kishi qarshi chiqdi. Betaraf qolganlar bo‘lmadi.
Ta’kidlanishicha, qonunga konstitutsiyaviy sudda Ispaniya hukumati tomonidan e’tiroz bildiriladi, Kataloniya hukumati tomonidan qabul qilingan, mustaqillik haqidagi referendumga aloqador hujjatlarning barchasi ham xuddi shunday qarshilikka uchragandi.
Izoh (0)