Yevrokomissiya Gretsiyadagi qochoqlarga insonparvarlik yordami bo‘yicha yangi dastur boshlanganini ma’lum qildi. Dastur ESTIA deb nomlanadi va uning qiymati 209 million yevroni tashkil qiladi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.
Yevrokomissiyaning ma’lum qilishicha, dasturning maqsadi qochoqlarga lagerlardagi oddiy boshpanadan chiqib, tinch va normal hayot kechirishi uchun yordam berish hisoblanadi.
Dasturning asosiy vazifasi qochoqlarga va ularning oilalariga 22 mingta ijaraga uy olishda yordam berish sanaladi. Buning uchun 93,5 million yevro sarflanadi. Muhojirlarning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish uchun 57,6 million yevro talab qilinadi.
Qolgan mablag‘lar qochoqlarga birinchi ehtiyoj mahsulotlarini yetkazib berish bilan shug‘ullanuvchi nodavlat tashkilotlariga o‘tkaziladi.
Izoh (0)