Yuzlab falastinliklar Quddusdagi Ibodatxona tog‘iga o‘tish yo‘llaridan birida metall aniqlovchi romlar olib chiqib ketilishini kuzatish uchun to‘plandi. Bu haqda Ruptly xabar bermoqda.
Romlar Isroil rasmiylari tomonidan Al-Aqsoga kirishda o‘rnatilgan, so‘ng vazirlar mahkamasi qarori bilan olib tashlangandi. Kirishda ular o‘rniga “aqlli” videokuzatuv kameralari o‘rnatishga qaror qilindi.
Biroq Al-Aqso masjidi rahbariyati chalakam-chatti choralardan norozilik bildirdi. Ular xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha har qanday tizimlarni yig‘ishtirib tashlashni talab qilmoqda.
Izoh (0)