AQShning Ogayo shtatidagi yarmarkada attraksion o‘rindig‘ining otilib ketishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, yana yetti kishi jarohatlandi. Jabrlanganlarning uchtasi og‘ir ahvolda. Bu haqda Meduza xabar berdi.
Voqea joyida olingan videoda “Sharli chaqmoq” deb nomlangan attraksionning odamlar o‘tirgan o‘rindiqlar qismi otilib ketgani aks etgan.
Xabar qilinishicha, halok bo‘lgan erkak havoga otilib ketgan va shundan so‘ng attraksiondan 15 metr nariga tushgan.
Yarmarka boshlanguniga qadar attraksion uch yoki to‘rt marta tekshirilgan. Hech qanday nosozliklar qayd etilmagan. Hodisadan so‘ng yarmarkadagi barcha attraksionlar yopilgan.
Izoh (0)