Donald Tramp Apple bosh direktori Tim Kuk unga qo‘ng‘iroq qilgani va AQShda “uchta katta va ajoyib zavod” qurishni va’da qilganini bildirdi. Prezident bu haqda The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida aytib o‘tgan, deya xabar beradi “Vedomosti”.
Tramp loyihaning boshqa tafsilotlarini oshkor etmagan. Apple mazkur ma’lumotga izoh berishdan bosh tortdi.
Hozirda kompaniya AQShda faqat Mac Pro ishlab chiqaradi, asosiy korxonalar esa mamlakat tashqarisida joylashgan. Shuningdek, ko‘plab yetkazib beruvchilar xizmatidan foydalaniladi.
The Verge nashriga ko‘ra, prezidentning aytganlari tasdiqlansa, bu Apple siyosatidagi jiddiy o‘zgarishlardan dalolat beradi. Oldinroq Tramp kompaniyani mahsulotlarini Xitoyda ishlab chiqargani tufayli tanqid qilgan edi.
Izoh (0)