Bolalar va kattalar tomonidan gadjetlardan foydalanish sababli ko‘rish qobiliyati yomonlashuviga bir necha qoidalar — me’yorni bilish, qurilmalardan qorong‘uda foydalanmaslik, ularni ko‘zdan yiroq tutish va ko‘proq toza havoda bo‘lishga rioya etish orqali yo‘l qo‘ymaslik mumkin. Bu haqda vrach-oftalmolog, tibbiyot fanlari nomzodi Irina Leshenko ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Avvalo gadjetlarni kichik — ikki-uch yoshli bolalarga bermaslik, kattaroq yoshdagi bolalar foydalanishini esa cheklash lozim. Ulardan qorong‘uda foydalanmaslik, yoritish yaxshi darajada bo‘lishiga e’tibor qaratish zarur”, — ta’kidladi Leshenko.
Shifokorga ko‘ra, portativ elektron qurilmalardagi matn ko‘zni zo‘riqtirmasligi uchun mayda bo‘lmasligi lozim.
Shuningdek, inson ko‘zi uchun qay biri — planshet yoki mobil telefon zararliroq ekanligining aniq darajalari yo‘q. Ekran qanchalik yaxshi va zamonaviy bo‘lsa, shunchalik xavfsizroq hisoblanadi.
Izoh (0)