Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Bahrayn va Misr “terrorchilik ro‘yxati”ni kengaytirdi va unga go‘yo Qatar rasmiylari bilan bog‘liq 9 kishi va shuncha tashkilotni kiritdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Arab davlatlari to‘rtligi terrorchi guruhlarni qo‘llab-quvvatlashda ayblayotgan 59 kishi va 12 tashkilotdan iborat qora ro‘yxat amirlik boykoti bilan bog‘liq inqiroz avvalida e’lon qilingandi.
Doha bir necha bor mazkur ro‘yxat asosga ega emasligi va Qatarga aloqasi yo‘qligini bildirgandi.
Ro‘yxatni Yamandagi 3 va Liviyadagi 6 tashkilot, shuningdek, Qatar va Yamanning 3 nafardan, Liviyaning 2 va Kuvaytning bir fuqarosi to‘ldirdi.
Ushbu shaxs va tashkilotlar “Al-Qoida” tarmog‘i va uning Suriyadagi bo‘limi — “Jabhat an-Nusra” guruhini qo‘llab-quvvatlashda ayblanmoqda.
Izoh (0)