Indoneziyadagi Kalimantan provinsiyasining shimoliy qirg‘og‘ida Rajeki Baru kompaniyasiga tegishli, bortida 47 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan kater cho‘kib ketdi. Bu haqda Xinhua agentligi qutqaruv xizmatining katta xodimiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “RBK”.
Kater Bulunganskiy okrugidagi Tanjungselor shahari tomon harakatlanayotgan bo‘lgan. Tarakan shahri qirg‘og‘idan 1 kilomtercha nariga suzib borgan kater to‘ntarilib suv ostiga cho‘kib ketdi, — dedi Masrudi milliy qutqaruv-qidiruv bo‘limining vakili.
Uning ta’kidlashicha, kater cho‘kib ketgan hududda qutqaruvchilar qutqaruv-qidiruv operatsiyalarini olib bormoqda.
Harbiy-dengiz floti qutqaruvchilari hamda Indoneziya politsiyasi qutqaruv operatsiyasiga jalb qilingan.
Izoh (0)