Isroil harbiy-siyosiy kabineti Quddusdagi Ibodatxona tog‘iga kirishda mahalliy musulmonlarning noroziligiga sabab bo‘lgan metall aniqlovchi romlarni olib tashlashga qaror qildi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyaxuning devonxonasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Metall aniqlovchi romlar o‘rnini videokameralar bosishi va ular o‘rnatib bo‘lingani bildirilmoqda.
“Harbiy-siyosiy kabinet barcha kuch tizimlarining metall detektorlar o‘rniga ilg‘or texnologiyalar, ‘aqlli tekshiruvlar’, shuningdek, boshqa vositalarga asoslangan xavfsizlik choralarini tatbiq etish haqidagi tavsiyalarini qabul qildi. Ular Eski shahar va Ibodatxona tog‘iga tashrif buyuruvchilar hamda dindorlar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan”, — deyiladi xabardi.
Mahalliy OAVga ko‘ra, mazkur kameralar shaxsni aniqlash va shubhali harakatlar, jumladan, qurol va portlovchi moddalar olib o‘tishga urinishni payqash xususiyatiga ega.
Izoh (0)