Sinay yarim oroli shimolida, Al-Arish shahri yaqinidagi nazorat-o‘tkazish punkti oldida yuz bergan portlash oqibatida 7 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Misr qurolli kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Terrorchilar nazorat-o‘tkazish punktiga jipda kelgani va mashinani olomon orasida portlatmoqchi bo‘lgani bildirilmoqda. Biroq Misr hukumat kuchlari tanki ularning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘ldi.
Shundan so‘ng jangarilar harbiylar bilan otishmaga kirishdi, so‘ng tank yaqinida avtomobilni portlatib yubordi.
7 nafar tinch aholi vakili — uch erkak, ikki ayol va ikki bola mazkur terakt qurboni bo‘ldi. Portlash olomon orasida amalga oshirilganida qurbonlar soni bir necha karra ko‘p bo‘lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)