Egey dengizida, Turkiya va Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida ikki kuchli zilzila ro‘y berdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Gretsiyaning Kathimerini nashriga ko‘ra, 4,5 va 4,7 magnitudali aftershoklar 22-iyul, shanba kuni kechki payt, mahalliy vaqt bilan soat 20:09 va 20:25 da sodir bo‘ldi.
Yer osti silkinishlari epimarkazi o‘tgan galgidek Gretsiyaning Kos oroli va Turkiyaning Bodrum shahri oralig‘ida bo‘lgani bildirilmoqda.
Aftershoklar 21-iyulda yuz bergan va ikki kishining o‘limi, yuzdan ortiq fuqaroning jabrlanishiga olib kelgan zilziladan keyingi eng kuchlilari bo‘ldi.
Izoh (0)